Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
Juma — yo'l harakati xavfsizligi targ'iboti kuni!
Shu munosabat bilan Namangan viloyati IIB JXX YHXB rahbariyati hamda Namangan muhandislik-qurilish instituti Transport fakulteti 3-4 bosqich talabalari ishtirokida piyodalar tomonidan sodir etilayotgan qoidabuzarlik hamda ular ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarini barvaqt oldini olish maqsadida yig‘ilish tashkil etildi. Unda talabalar yo‘l-patrul xizmati inspektorlariga yordamchi sifatida jalb qilish taklif etildi. Yig‘ilish davomida barcha ishtirokchilarning fikrlari tinglanib, bildirgan takliflari asosida “Yo‘l posbonlari” guruhlari tashkil etildi.
Tashkil etilgan guruhlarga boshqarma rahbariyati tomonidan maxsus nimcha va jezl tayoqchalari tarqatilib, ularga belgilangan hududlar biriktirildi.
Bu tashabbus yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda yangi yondashuv sifatida talabalar va yo‘l-patrul xizmati inspektorlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Yana shuni alohida ta'kidlash joizki, mazkur tashabbus yosh avlodni yo'ldagi mas’uliyati va intizomini oshirishda ham muhim ahamiyatga ega.