• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Turkiy davlatlar universiadasida munosib ishtirok etgan NamMQI vakillari e'tirof etildi

Qozog‘istonning Turkiston shahrida joriy yil 5-10 noyabr kunlari o‘tkazilgan II Turkiy davlatlar universiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 12 ta oltin, 10 ta kumush va 7 ta bronza medali bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi. 

Ushbu universiada doirasidagi voleybol bo‘yicha bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Mazkur muvaffaqiyatda terma jamoa bosh murabbiyi, NamQI dotsenti Shuhrat Ma'qulov, jamoa shifokori A'zamjon Satimov va jamoa a'zosi, Qurilish fakulteti talabasi Farrux Ismoilovning munosib hissasi bor. 

Bugun bo‘lib o‘tgan institut ilmiy kengashi avvalida vakillarimizning ushbu yutuqlari jamoa tomonidan munosib e'tirof etildi. Rektor ularga universiada kubok, medal va sertifikatlarini tantanali ravishda topshirdi. Ularga tegishli ravishda pul mukofotlari ham beriladi.

 

NamMQI media markazi

  • Share :