• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Rektor institut axborot-resurs markaziga navbatdagi kitoblar toʻplamini taqdim etdi

Rektor institut axborot-resurs markaziga navbatdagi kitoblar toʻplamini taqdim etdi

NamMQI rektori Sharifjon Ergashev institut axborot-resurs markaziga oʻzbek, rus, ingliz, turk va hind tillaridagi turli kitoblarni taqdim etdi.

Ushbu kitoblarning aksariyati xorijiy safarlar davomida rektor tomonidan olib kelingan.

Shuningdek, kutubxonaga oliy oʻquv yurtining yubiley sanasi arafasida chop etilgan “Namangan muhandislik-qurilish instituti 45 yoshda” nomli ensiklopedik kitob ham topshirildi.

Ushbu kitobda institut tarixidagi muhim voqea-hodisalar, oʻzidan oʻchmas iz qoldirgan ustozlar va bitiruvchilar haqida batafsil hikoya qilinadi.

  • Share :