• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI vakillari Pop tumanidagi maktablar mutasaddilari va bitiruvchilari bilan uchrashdi

NamMQI vakillari Pop tumanidagi maktablar mutasaddilari va bitiruvchilari bilan uchrashdi

"Barkamol avlod" markazida oʻtkazilgan tadbirni institut rektori ochib berdi. Ishtirokchilar uchun institut haqidagi roliklar namoyish etildi, bukletlar taqdim etildi.

Institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov  taqdimoti davomida institut salohiyati, reytinglardagi oʻrni, fakultet va yoʻnalishlar haqida tushunchalar berdi.

Mashinasozlik fakulteti dekani Rahmatali Rustamov, sirtqi bo'lim boshlig'i Vohidjon Turdaliyev tuman maktablari bilan uzviy aloqalar oʻrnatilgani va bu hamkorlik davom ettirilishi haqida soʻz yuritdi.

Prezident va davlat stipendiyalari sohiblari, “Qalqon” guruhi aʼzolari erishgan natija va yutuqlari haqida hikoya qildi.

Tuman hokimining o'rinbosari Bahodir Valiyev bu kabi tadbirlar bitiruvchilarga kuchli motivasiya berishini taʼkidladi va institut jamoasiga tashrif uchun minnatdorlik bildirdi.

  • Share :