NamMQI Transport fakulteti 59-60-60A-YXTE-22 gr talabalari YXX xodimlariga biriktirilib reydga chiqarildi
2025 yil 24 yanvar kuni Namangan IIB JXX YXXBda Namangan shaxar ko‘chalarida joylashgan piyodalar o‘tish joylarida xavfsizlikni taminlash maqsadida NamMQI Transport fakulteti 59-60-60A-YXTE-22 gr talabalariga maxsus jilet forma va jezl berilib YXX xodimlariga biriktirilib reydga chiqarildi. Bu tadbirda viloyat YXXB boshlig‘i Gaziyev Mansurjon va boshliq o‘rinbosari Sirojiddinov Raxmiddin xamda YXXB xodimlari, YXX va M kafedrasi professor-o‘qituvchilari qatnashdi.