• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI talabalarining loyiha takliflari bilan tanishildi

NamMQI talabalarining loyiha takliflari bilan tanishildi

Namangan viloyat IIB JXX YHXB rahbariyati tomonidan boshqarma majlislar zalida Namangan muhandislik-qurilish institutining Transport fakulteti talabalari ishtirokida viloyat hududida harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida seminar tashkil etildi.

Dastlab boshqarma boshlig'i so'z olib, 2024-yilda viloyatda sodir bo'lgan YTHlar to'g'risida ma'lumot berdi. Shuningdek, so'nggi paytlarda piyodalar tomonidan qoidabuzarliklar soni ortib borayotgani, shu boisdan ularni tartibga chaqirish, xavfsizligini ta'minlash borasida muhim loyihalar zarurligini ta'kidlab, bu borada talabalar fikri bilan tanishdi.

Yo'l harakati qoidalariga befarq bo'lmagan talabalar mavzuga doir aniq takliflarini bildirdi.

Talabalar tomonidan tayyorlangan "Xavfsiz piyodalar o'tish yo'lagi" nomli loyihalar taqdimoti bilan tanishildi.

Uchrashuv yakunida yo'llarda xavfsizlikni ta'minlashda fakultet talabalari va YHXB xodimlarining hamkorligini mustahkamlashga kelishib olindi.

  • Share :