Institutda mehmon boʻlib turgan Nankin politexnika instituti vakillari Transport fakulteti bilan tanishdi...
Institutda mehmon boʻlib turgan Nankin politexnika instituti vakillari Transport fakulteti bilan tanishdi
Mehmonlarda fakultetda joylashtirilgan turli avtomobillar modellari, trenajyorlar va qurilmalar katta taassurot qoldirdi. Ular talabalar soha boʻyicha bilim va koʻnikmalar olishida ayni muddao ekanligi eʼtirof etildi.
Shuningdek, mehmonlarga fakultet qoshida tashkil etilgan Bionika laboratoriyasi ham koʻrsatildi. Ular laboratoriya mashgʻulotlarida ishtirok etayotgan talabalar bilan muloqotda boʻldi.
Mehmonlarga institut prorektorlari Muhammadjon Dadamirzayev va Fayzulla Qorayev hamrohlik qildi.