Institutda 2025-yil davlat dasturi loyihasining yakuniy muhokamasi boʻlib oʻtdi
Institutda 2025-yil davlat dasturi loyihasining yakuniy muhokamasi boʻlib oʻtdi
Namangan muhandislik-qurilish institutida 2025-yil — “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” davlat dasturi loyihasining yakuniy muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Muhokamada institut rektori, xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Sharifjon Ergashev ishtirok etdi.
Rektor oʻz soʻzida ushbu dasturning Oʻzbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ahamiyati, uning ijrosi mamlakat taraqqiyotida muhim oʻrin tutishini taʼkidlab oʻtdi. “Yashil” iqtisodiyot va “yashil” energetika borasida salmoqli tadqiqotlar olib borilayotgan institutda mazkur muhokamalar qizgʻin tus olganligi tabiiy ekanligi bildirildi.
Shundan soʻng dastur loyihasi doirasida tashabbus bildirgan talabalar soʻz olib, takliflarini tavsiflab va asoslab berdi.
Tadbirga rektor yakun yasab, 2025-yil davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol qatnashgan talabalarga minnatdorlik izhor etdi va ularning takliflari ushbu muhim hujjatda oʻz aksini topishiga ishonch bildirdi.