Institut Logistika kafedrasi dotsenti Xoshimjon Otaxonov 60 yoshni qarshiladi
Institutda professor-oʻqituvchilarni yubiley sanalari bilan tabriklash anʼana tusiga kirgan. Jamoa bu gal institut Logistika kafedrasi dotsenti Xoshimjon Otaxonovni qutlash uchun toʻplandi.
Xoshimjon Otaxonov 1965-yili Yangiqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan, 1991-yili Toshkent avtomobil yoʻllari institutini tamomlagan. Shu yildan institutdagi faoliyatini boshlagan. Oʻtgan yillar davomida ishlab chiqarish taʼlimi ustaligidan dotsentlikkacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtgan.
Institut rektori Sharifjon Ergashev yubilyarni tavallud ayyomi bilan jamoa nomidan muborakbod etdi. Shuningdek, bir guruh hamkasblar ham oʻzlarining samimiy tabriklarini bildirdi.
Tadbir yakunida Xoshimjon Otaxonov jamoaga bildirilgan qutlov va tabriklar uchun minnatdorlik izhor etdi.