• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Profilaktik tadbir

 2024-yil 4-noyabr kuni Qurilish fakultetida "Talabalarning ma’naviy-ahloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi jinoyatchilik , huquqbuzarlik , giyohvandlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari" mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbirda fakultet dekani M.Mansurov, dekan o‘rinbosari, tyutorlar, kordinator hamda Uychi tumani diniy ishlar bo‘yicha qo‘mita vakili J.Qosimov, Uychi tumani musulmonlar idorasi vakili tuman bosh imom xatibi O.Isoqov tuman IIB tezkor xodimlari O.Raxmatullayev, H.Xaydaraliyev, tuman IIB YPX guruh inspektori serjant M.Komilovlar ishtirok etishdi.
Tadbirda quyidagi masalalar ko‘rildi:
1. Diniy ekstermizm salbiy oqibatlari
2. Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish
3. Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilish
4. Ijtimoiy tarmoqdagi taqiqlangan saytlarga kirmaslik hamda onlayin o‘yinlarni salbiy oqibatlari

     Kun tartibi bo‘yicha so‘zga chiqqan soxa egalari talabalarga tegishli tavsiya va yo‘riqnomalar berdilar.

  • Share :